Avgust oyida O‘zbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksi ijobiy o‘sishni saqlab qoldi
11-09-2025 09:23
2025-yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 1029 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foiz, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 30,9 foiz o‘sgan.
Bu bo‘yicha Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisobotini e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, indeksning o‘sishi quyidagi komponentlar bilan bog‘liq:
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank operatsiyalari soni — 7%ga kamaygan
Birjada xom ashyo sotib olish jadalligi — 14,2%ga oshgan
Faol subyektlar soni bo‘yicha komponent — 0,4%ga oshgan
Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish faolligi — 15,0%ga pasaygan
2025-yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 9 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Sirdaryo (72,3 %), Navoiy (45,5 %), Andijon (38,3 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (36,7 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.