28.08.2024 18:13
“Ayiq”
Muammoli vaziyatda boshqaruv o‘z qo‘liga olgan: Karmen Berzatto
Karmi — 20 yoshida karyerasida misli ko‘rilmagan yuksaklikka erishgan yosh oshpaz. U ko‘plab oshpazlik mukofotlariga, Qo‘shma Shtatlardagi eng yaxshi restoranlarda ishlash tajribasiga ega, ammo uning ajoyib muvaffaqiyati uzoqqa cho‘zilmaydi. Akasi vafotidan so‘ng Karmi premium muassasalarni tashlab, Chikago chekkasida meros bo‘lib qolgan kafeda ish boshlaydi. Oshpazning oldida imkonsiz narsa bor — oilaviy sendvich do‘konini Mishel darajasiga ko‘tarish, iste’molchilar nazorati esa ko‘plab qonunbuzarliklarni aniqlagan, kafening sobiq egasi qarzga botgan va mahalliy oshpazlar o‘nlab yillar davomida sinovdan o‘tgan retseptni o‘zgartirishni xohlamaydi. Berzattoda bu qiyin vazifani bajarish uchun atigi 12 hafta bor. Qahramon o‘z misolida bir qarashda erishib bo‘lmaydigan narsalar qanday qilib cheksiz matonat, yuzlab xatolar va o‘z ishiga ishonch bilan amalga oshishini ko‘rsatadi.
“O‘yinlar”
Yo‘qotilgandek tuyuladigan, ammo butkul o‘chmagan ishonch: Viktor Xodakov
Butun dunyo tomosha qiladigan tadbirni tashkil qilishda qanday charchamaslik mumkin? Viktor Xodakov — 1980-yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasining raisi va uni tayyorlashda ishtirok etgan barcha bo‘limlarning harakatlari uchun javobgar shaxs. Arena va stadionlar hali tayyor emas, Olimpiadaga bir yildan kamroq vaqt qolgan, byurokratik tartib-qoidalar esa barcha ishlarni sekinlashtirmoqda. Ammo Brejnevning o‘zi Olimpiadani bekor qilish haqida gapirganda ham Xodakov taslim bo‘lmaydi, yuzaga kelgan muammolarni qattiqqo‘llik bilan hal qilishga harakat qiladi.
“Qasoskorlar: xotima”
Fidoyi odam: Toni Stark
Daho, milliarder, xayriyachi... va haqiqiy qahramon. Toni Stark nafaqat dunyoni qutqaradigan superqahramon, balki o‘rtoqlari uchun ko‘p narsalarni qilishga tayyor bo‘lgan yaxshi do‘stdir. Befarq va istehzoli boyning shaxsiyati ortida qo‘shnilariga nisbatan mehribonlik va g‘amxo‘rlik yotadi. Stark Qasoskorlarni topishga yordam beradi va jamoaning homiysi bo‘ladi, u hatto nafaqaga chiqmoqchi bo‘lsa ham hamkasblari bilan xavfli missiyalarda qatnashadi. Superqahramonlar jamoasi haqidagi saganing finalida Toni o‘zini qurbon qiladi — u boshqalar hayotini saqlab qolish uchun yovuz odamning qo‘lqopini kiyadi.
“Qattiqqo‘l xonim”
O‘zining qadr-qimmatini hurmat qilgan qiz: Andrea Saks
Endi — mosa sohasida omadli karyera qurishni orzu qiladigan yosh va ambitsiyali jurnalist qiz. Ammo uning moda nashriyotida bosh muharrir yordamchisi sifatidagi birinchi ishi barcha orzularini chilparchin qiladi — rahbari tajribasiz Andrea uchun imkonsiz bo‘lib ko‘ringan bema’ni talablarni ilgari suruvchi nihoyatda qattiqqo‘l ayol bo‘lib chiqadi. Aftidan, mag‘rur Miranda Pristlining iltifotini qozonishning iloji yo‘qdek tuyuladi. Biroq uyqusiz tunlar, hamkasblar tomonidan tahqirlash va shaxsiy hayoti uchun vaqt yetishmasligidan so‘ng, qahramon o‘z rahbarinining hurmatini qozonishga muvaffaq bo‘ladi. Albatta, bunday tajriba ruhiy salomatlikda o‘z izini qoldirmaydi, ammo jurnalistning qat‘iyatliligi unga ajoyib imkoniyatlarni ochib beradi.
“Toki hayot ekanmiz”
Keksalik hayot zavqini yo‘qotish uchun sabab bo‘lmasligini isbotlaganlar: Edvard Koul va Karter Chambers
Ushbu filmda ikkita asosiy qahramon bor, lekin ularni hayotlarining oxirigacha bajarilishi kerak bo‘lgan istaklar ro‘yxati birlashtiradi. Edvard va Karter qayg‘uli sharoitda uchrashadi: ikkala erkak ham jiddiy tashxis bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu uchrashuvni taqdirdan deb tushungan bilimdon avtomexanik va keksa milliarder umrining qolgan oylarini o‘zlari istagandek o‘tkazishga qaror qiladi. Ular birgalikda turli mamlakatlarga sayohat qilishadi, shu yillar davomida his qilmagan narsalardan zavqlanishadi. Qahramonlar hayotning o‘tkinchiligi haqida o‘ylashga majbur qiladi.
“Strim”
Muammolarni boshdan kechiradi va ularga yechim topadi: Jora Levrov
O‘rta maktabda hukm surayotgan haqorat va adolatsizlikka qanday kurashish mumkin? Ko‘p yo‘llar bo‘lishi mumkin, ammo Joraning o‘z usuli bor: yangi o‘quv muassasasiga kelgandan so‘ng, o‘spirin sinfdoshlari va o‘qituvchilarining masxaralariga duch keladi va noto‘g‘ri qarashlarga qarshi kurashishga qaror qiladi. Kamera o‘rnatilgan shlem yordamida. Aynan shu ko‘rinishda Levrov har kuni maktabga keladi, atrofida boshdan kechirgan va ko‘rgan hamma narsani internetda efirga uzatadi. Ixtiro samarali bo‘lib chiqadi va tez orada atrofdagilar ularning barcha harakatlari ommaga e’tiborida ekanini tushuna boshlaydi. Jora asta-sekin o‘z maqsadiga erishadi va odamlarning o‘ziga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Zamonaviy muammolar zamonaviy yechimlarni talab qiladi.
“Baxt izidan”
Oilasi uchun hamma narsaga tayyor odam: Kris Gardner
Yolg‘iz ota Kris katta qarzga botgan. Rafiqasi bialn ajrashish va startapidagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng, Gardner o‘g‘li bilan ko‘chada qoladi, tunni metrodagi hojatxonada, metodistlar cherkovining boshpanasida o‘tkazadi. To‘lanmagan kreditlar, jarimalar to‘planib boradi, hatto o‘g‘liga yeyishga narsa olib berishga ham puli yo‘q. Bunday yashab bo‘lmasligini anglagan erkak brokerlik firmasida amaliyot o‘tashga rozi bo‘lib, oilasining hayotini tubdan o‘zgartirishga qaror qiladi. Biroq bitta “lekin” bor — birinchi maoshingizni faqat olti oydan keyin olasiz va faqat xuddi shunday raqiblarning 20 tasi ichida eng yaxshisi bo‘lishi sharti bilan. Qahramon kichik Kristofer uchun hamma narsani qiladi va dasturni bajarish uchun kuch topadi. Albatta, film baxtli xotima bilan yakunlanadi: Uill Smit qahramoni cho‘qqilarni zabt etadi, qiyinchiliklarga qaramay, o‘z maqsadiga erishishga ilhomlantiradi.
Manba: Daryo.uz