03-09-2025 05:52
Natijalarga ko‘ra, aholining asosiy qismi Mustaqillik bayramini o‘zgacha tuyg‘u bilan kutib oladi. Xususan, 97 foiz fuqarolar mamlakat uchun faxrlanadi.
O‘z navbatida 87,6 foiz so‘ralganlar bayramona, quvnoq kayfiyatdaligini bildirgan. 84,7 foiz ishtirokchilar Mustaqillik kunini xalqning yakdilligi bilan bog‘laydi.
Aholining 95,5 foizi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanidan faxrlanadi.
“79,1 foiz fuqarolarning qayd etishicha, so‘nggi yillarda ularning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish va hayotiy maqsadlarga erishish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi”, deyiladi manbada.
Markaz tahlilida 97,8 foiz respondent O‘zbekistonni kuchli va farovon, 88,9 foizi tinch va mustahkam davlat sifatida ko‘rishi qayd etilgan. Yana 85,3 foizi ma’naviy boy va madaniyatli, 81,9 foizi zamonaviy va innovatsion mamlakat sifatida biladi. Ma’lumot uchun, 2025-yil 28-avgust kuni respublikaning doimiy aholisi soni 38 million nafardan oshdi. Shundan 19,1 million nafarini erkaklar, 18,9 million nafarini ayollar tashkil etadi.