29-08-2025 05:10
Bugun mustaqillik tantanalarining asosiy bayram tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi. Prezident avvalo Toshkentdagi «Shahidlar xotirasi» xiyobonida o‘tkaziladigan marosimda ishtirok etadi. Shu yerda u qatag‘on qurbonlarini xotirlab, ular xotirasiga ehtirom ko‘rsatadi. Shundan so‘ng davlat rahbari «Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.
Kechqurun esa mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi. Prezident tadbirda qatnashib, xalqimizga bayram tabrigi bilan murojaat qilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, kun davomida davlat rahbarining Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi ham rejalashtirilgan. Jumladan, Islom sivilizatsiya markazi ochilishi kutiomoqda.
Mustaqillikning 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarining odatdagidan avvalroq o‘tkazilishiga sabab, Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust-1 sentyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Tianjin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning XXV sammitida ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi.
Shuningdek, 3 sentyabr kuni Pekindagi Tiananmen maydonida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradni tomosha qiladi. Bu tadbirda dunyoning 25 davlat rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.