O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida 2024-yil hosilidan birinchi nav ikkinchi sinf bir tonna paxta xomashyosining boshlang‘ich fyuchers narxi, jahon bozoridagi paxta tolasi kotirovkalaridan kelib chiqib 7 mln 800 ming so‘m miqdorida
e’lon qilingan.
Hukumat jahon bozorida paxta tolasining narxi keskin pasayishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatda paxta yetishtiruvchilar va
qayta ishlovchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
➖paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisob-faktura asosida) bir tonna paxta xomashyosi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
➖2024-yil uchun paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birja savdolarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv tuziladi. Bunda paxta xomashyosining sotish narxi 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.
➖2024-yil hosilidan fyuchers shartnomalaridan tashqari paxta xomashyosini birja savdolariga chiqarishda uning boshlang‘ich narxini bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorida e’lon qilish talab etiladi.
➖2024-yilda barcha hududlarda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish xizmati bahosining 20 foizi, biroq 250 ming so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi.