22-06-2025 11:16
Sotuvchi avvalgi narxni ko‘rsatgan taqdirdagina chegirma deb hisoblanadi. Avvalgi narx — oxirgi 30 kundagi eng past narx bo‘lishi shart.
Chegirmada ko‘rsatilgan narx odatiy narx shriftidan kattaroq qilib yozilishi mumkin emas. Narxni sun’iy oshirib, keyin arzonlashtirilganini chegirma sifatida ko‘rsatish taqiqlanadi.
Aksiya va chegirmalar haqidagi ma’lumotlar tadbir boshlanishidan 10 kun oldin soliq organlariga taqdim etilishi shart.
Aksiya e’lon qilishda shartlar, amal qilish muddati, tovar nomi va boshqa muhim ma’lumotlar iste’molchiga aniq va tushunarli qilib yetkazilishi lozim.
Aksiya boshlanganidan keyin shartlar o‘zgartirilmasligi, aksiyaga tushgan tovarlar yetarli zaxirada mavjud bo‘lishi shart.
Chegirma aniq foiz yoki summada ko‘rsatilishi kerak. Agar chegirma mavsumiy, yaroqlilik muddati tugayotgan, but bo‘lmagan va qadoq shikastlangan yoki shunga o‘xshash holatlarda qo‘llansa, bu albatta ko‘rsatilishi kerak.
Agar chegirmadan foydalanish uchun shaxsiy ma’lumot taqdim etish yoki ro‘yxatdan o‘tish talab etilsa, sotuvchi shaxsiy ma’lumotlar qonunchiligiga rioya qilishi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi va shartlari haqida xabardor qilishi shart.