22-06-2025 11:00
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) 22-iyun soat 3:45 dan 23-iyun 8:00 gacha mamlakatda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etgan. Bu qaror mamlakatdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan qabul qilindi.
"Yurtdoshlarimizni yana bir bor xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, mamlakatda bo‘lish vaqtida ehtiyotkorlikni oshirishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqiramiz. Iltimos, rasmiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lib boring", deyiladi elchixonasi bayonotida.