25-07-2025 09:56
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismida 25 iyul soat 15:00 dan 28 iyul soat 06:00 gacha transportlar harakati cheklanadi.
Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali vaqtincha o‘zgartirilgan tartibda harakatlanadi:
34-sonli avtobus Chilonzor metro bekati - Shifokorlar shaharchasi yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon - Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.
64-sonli avtobus Birlik mavzesi - Paxtakor metro bekati yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon ko‘chalari orqali harakatlanadi.
87-sonli avtobus Chilonzor 30-daha - Qora Qamish 2/4 mavzesi yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon - Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.
116-sonli avtobus Chilonzor buyum bozori - Shifokorlar shaharchasi yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon - Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.
131-sonli avtobus Do‘stlik-2 mavzesi - Olimpiya mehmonxonasi yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon - Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.
147-sonli avtobus Chinni bozori - Chorsu savdo markazi yo‘nalishida Ko‘kcha darvoza - Nurafshon - Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.
Avtobuslarning qaytish yo‘nalishlari o‘zgarishsiz qoldi.