25-07-2025 07:15
Bu haqda Milliy Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi — bu yerda o‘rtacha ish haqi 10 138,4 ming so‘mni tashkil qilib, 18,8 foizga oshgan.
Shuningdek:
Sirdaryo viloyatida o‘rtacha ish haqi 4 789,8 ming so‘m (o‘sish — 18,0%),
Jizzax viloyatida — 4 476,8 ming so‘m (17,0%),
Farg‘ona viloyatida — 4 443,8 ming so‘m (16,%),
Namangan viloyatida — 4 350,1 ming so‘m (16,6%)
Surxondaryo viloyatida — 4 256,5 ming so‘m (16,1%)ni tashkil qildi.
Boshqa hududlarda ham ma’lum o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, o‘sish sur’ati yuqoridagi viloyatlarga nisbatan pastroq bo‘ldi:
Andijon viloyati — 4 935,3 ming so‘m (11,0%)
Navoiy viloyati — 7 486,4 ming so‘m (13,4%)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4 757,2 ming so‘m (14,2%)
Qashqadaryo viloyati — 4 148,3 ming so‘m (14,3%)
Buxoro viloyati — 4 787,3 ming so‘m (14,8%)
Toshkent viloyati — 5 674,4 ming so‘m (15,3%)
Xorazm viloyati — 4 720,1 ming so‘m (15,6%)
Samarqand viloyati — 4 435,4 ming so‘m (15,8%)
Ma’lumotlarga ko‘ra, ish haqining o‘sish sur’ati har bir hududda turlicha bo‘lib, iqtisodiy faoliyat turlari, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va mintaqaviy infratuzilmaning rivojlanish darajasi bilan bog‘liq.