25-07-2025 06:12
Qayd etilishicha, issiq biroz pasayishiga qaramay, ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari 38-40 daraja atrofida, respublika janubida 41-43 darajashgacha bo‘lgan nisbatan yuqori havo harorati saqlanib turadi.
Yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi, harorat 34-37 darajagacha, janubda 38-39 darajagacha pasayadi.
O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Harorat kunduz kunlari 25-26 iyulda 38-40 daraja, 27 iyulda 35-37 daraja, kechalari esa asosan 22-25 daraja bo‘ladi.