Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi
07.09.2024 17:41
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida olti yoshli qizni urib yuborgan o‘zbekistonlik haydovchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, ishni Tergov qo‘mitasi ochgan. Voqea 30 avgust kuni qiz onasi bilan Krilenko ko‘chasidagi hovlida sayr qilayotganida sodir bo‘lgan. Velosipedda ketayotgan qizni Volkswagen Polo mashinasini boshqarayotgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi urib yuborgan. Keyinchalik, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa guvohlar bilan birga jabrlanuvchining yonida o‘tirgan va uning yalang oyoqlariga teginayotgan erkak tasvirlangan video paydo bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi 2 sentyabr kuni Rossiyani tark etgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni buyurgan.