Xabarga koʻra, yana 1237 ta internet resurslar faoliyati qayta koʻrib chiqilmoqda. Bunday saytlarni aniqlashda Bosh prokuratura, Moliyaviy monitoring agentligi va Ichki ishlar vazirligi ham ishtirok etmoqda.
Bundan tashqari, Qozogʻistonda yil boshidan buyon noqonuniy lotereyalar tashkilotchilariga nisbatan 103 ta maʼmuriy bayonnomalar tuzilgan. Sudlar tomonidan 48 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan.
“Vazirlik fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va onlayn xizmatlar bozorida tartibni saqlash maqsadida ushbu sohalardagi noqonuniy xatti-harakatlarni nazorat qilish va bartaraf etishda davom etadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Avvalroq Qozogʻistonda davlat xizmatchilari, harbiylar, huquqni muhofaza qilish va maxsus idoralar xodimlariga qimor oʻynash va unga pul tikish taqiqlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Turizm va sport vazirligida tegishli petitsiyani koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Vazirlik rahbari Miras Tuleboyev taqiqni nazarda tutuvchi petitsiyani 50 ming kishi imzolagani, kodeksga koʻra, vazirlik 40 kun ichida tegishli qaror qabul qilishi kerakligini aytgan.
Vazirlik allaqachon qimor biznesida davlat nazoratini kuchaytirishni, shuningdek, davlat apparatida giyohvandlikning oldini olish boʻyicha ishlarni boshlab yuborganini maʼlum qilgan.