18-07-2025 08:00
Kunduz kunlari termometr ustuni +40...+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +44...+45 darajagacha ko‘tariladi.
Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida dam olish kunlari issiq biroz pasayishi kutilmoqda. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi +35...+38 darajani tashkil etadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: asosan bulutsiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechalari +24...+27 daraja, kunduz kunlari +40...+43 daraja atrofida bo‘ladi.