15-07-2025 08:49
Qaror bilan respublika hududlarida moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan maydonlarning 5 foizigacha almashlab ekish tizimida moyli ekinlar ekilishiga ruxsat beriladi.
Kungaboqar ekinining tuproq unumdorligiga ta’sirini inobatga olib, asosiy va takroriy maydonlarga ekilgan kungaboqar ekinidan keyin siderat ekinlarini ekish va tuproq ostiga shudgor qilish amaliyoti qo‘llaniladi.
Qayta ishlovchi yog‘-moy korxonalari bilan mahsulot yetishtiruvchi subyektlar o‘rtasida moyli ekinlar hosilini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar “Agroplatforma“ axborot tizimi orqali tuziladi.
2026-yil hosilidan boshlab, moyli ekinlar yetishtiriladigan maydonlarning aniq hisob-kitobi yuritiladi va ushbu ekin maydonlarining 500 gektarida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi joriy qilinadi.