10-07-2025 08:00
Holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati dastlabki ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, bugun, 10 iyul kuni taxminan soat 11:00 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Farobiy ko‘chasi hududidan o‘tuvchi dastlabki taxminlarga ko‘ra diametri 800 mm bo‘lgan suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot kelib tushmadi.
Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.