09-07-2025 11:14
Oxirgi 7-yilda bu borada ko‘p ishlar qilingani ta’kidlandi. Yo‘llarni qurish va ta’mirlashga 61 trillion so‘m ajratildi. Bu 2017-yilgacha berilgan mablag‘lardan 3,5 barobar ko‘p.
Onlayn murojaat tizimi ishga tushib, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga kelish 50 foizga kamaydi.
Shuningdek, 3 ming 365 nafar YHXX xodimiga elektron planshet va bodikamera olib berildi. Qoidabuzarliklarni sun’iy intellekt asosida saralash va qaror chiqarish amaliyoti joriy qilindi.
Haydovchilik huquqiga imtihon, yo‘l chiziqlari chizish, texnik ko‘rik kabi 8 ta xizmat tadbirkorlarga autsorsingga berildi.
Shaharlarda jamoat transporti uchun maxsus yo‘laklar tashkil qilindi.