04-07-2025 06:14
U Sulton Mahmud G‘aznaviyning ukasi bo‘lib, Markaziy Osiyo va Eron tarixida muhim siyosiy shaxs sifatida tanilgan. Uning nomiga bog‘liq bunday yodgorliklar nafaqat moddiy, balki ma’naviy va ilmiy ahamiyatga ham ega bo‘lib, yurtimiz tarixi va madaniyatining yorqin guvohidir.
Yaqinda Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda ana shunday qimmatli osori atiqalarni O‘zbekistonga qaytarish imkoniyatlari muhokama etildi. Yig‘ilishda xorijiy, xususan Buyuk Britaniyadagi xususiy kolleksiyalarda saqlanayotgan Somoniylar, G‘aznaviylar, Xorazmshohlar, Qoraxoniylar, Temuriylar va O‘zbek xonliklari davriga mansub nodir asarlar to‘g‘risida fikr almashildi. Akademik Akbar Hakimov mazkur tarixiy durdona asarlar haqida atroflicha ma’lumot berib, ularni yurtimizga olib kelish nafaqat milliy boyligimizni tiklash, balki yangi barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini mazmunan va ma’nan boyitishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Ta’kidlanishicha, ushbu tarixiy asarlar jahon madaniy bozorlarida katta qiziqish uyg‘otib, ularning qimmat va nodirligi bois o‘ziga xos e’tiborga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Shu munosabat bilan 2025-yil 25-apreldan 2-maygacha Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaga xizmat safari uyushtirdi. Safar davomida delegatsiya a’zolari dunyodagi eng nufuzli auksion uylari — “Sotheby’s” va “Christie’s” savdo maydonlarida ishtirok etib, tarixiy merosimizga daxldor 46 ta nodir lotni saralab oldi.
Yig‘ilishda, shuningdek, ushbu osori atiqalarni yurtimizga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish, shu bilan birga ularning raqamlashtirilgan nusxalarini ham Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyon etish tashabbusi ko‘rib chiqildi.
Bu kabi tashabbuslar va amaliy harakatlar milliy merosimizni asrab-avaylash, uni qayta tiklash va kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.