Kechasi va erta tongda 12-17 daraja haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni 28-33 darajagacha, ba’zi joylarda 35 darajagacha isitadi. O‘n kunlikning ikkinchi yarmida 24-27 darajagacha qisqa muddatga pasayishi mumkin.
Keyinchalik, sentyabr oyining oxirigacha pastroq fonda harorat kechalari 13-18 darajadan 7-12 darajagacha, kunduz kunlari 28-33 darajadan 20-25 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Ko‘p yillik kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, respublika hududining katta qismida oyning birinchi yarmida o‘rtacha kunduzgi harorat 30-33 darajani, oyning ikkinchi yarmida 26-29 darajani tashkil etadi. Sentyabr oyining eng issiq kunlarida termometr ko‘rsatkichi 35-37 darajagacha, janubda 39-41 darajagacha ko‘tariladi.
Oyning uchinchi o‘n kunligining ayrim kunlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Iqlim xususiyatlariga ko‘ra, O‘zbekistonda sentyabr oyi yilning eng qurg‘oqchil oylaridan biri deb hisoblanadi.
Oylik yog‘ingarchilik miqdori iyul va avgust oylariga nisbatan biroz ko‘proq bo‘lib, tekistlik hududlarda 1-5 mmni, tog‘larga yaqin hududlarda 6-10 mmni tashkil etadi va faqat baland tog‘li hududlarda 15-30 mm qiymatlarga yetadi. Yomg‘ir odatda kamdan-kam yog‘adi, oy uchun o‘rtacha 1-4 marta va ko‘p hollarda jadalligi past bo‘ladi.
Shunday yillar kuzatilganki, sentyabr oyida O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha umuman yomg‘ir yog‘magan. So‘nggi marta bunday anomal quruq senytabr oylari 2007 va 2021-yillarda kuzatilgan.
Kunduz kungi harorat 22-25 darajagacha, ba’zan esa undan ham pastroq bo‘lgan davrlar har yili sentyabr oyida qayd etiladi va odatda davriyligi juda qisqa bo‘ladi.