02-07-2025 11:29
Boku shahridagi rasmiy maydonda davlat bayroqlari bilan bezatilgan sahnada ikki mamlakat Prezidentlari — Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev uchrashdi. Prezidentimiz sharafiga faxriy qo‘riqchilar saf tortdi, harbiy marsh sadolari ostida tantanali yurish amalga oshirildi.
Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul boshlig‘i O‘zbekiston Prezidentiga axborot berdi. Harbiy marsh sadolari ostida faxriy qo‘riqchilar tantanali yurishni amalga oshirdi.
Shundan so‘ng, ikki davlat rahbarlari rasmiy suratga tushdilar.
Bu yuksak ehtirom va an’anaviy marosim O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qardoshlik, o‘zaro hurmat va strategik hamkorlikni yana-da mustahkamlayotganining yorqin ifodasidir.