02-07-2025 09:57
2025-yilning 1-iyulidan Daniyada ayollar erkaklar bilan teng ravishda harbiy xizmatni o'tashi shart bo'ladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Tegishli qonun parlament tomonidan 2023-yil iyun oyida qabul qilingan, biroq u 1-iyuldan kuchga kirdi.
Yangi qoidalar ushbu sanadan keyin 18 yoshga to'lgan ayol fuqarolarga nisbatan qo'llaniladi. Xizmatga yaroqliligini baholash uchun ular ro'yxatdan o'tishlari kerak.
Avvallari ayollar faqat o'z ixtiyori bilan xizmat qilishlari mumkin bo'lgan bo'lsa, endi ular erkaklar bilan bir xil tizim bo'yicha xizmatga chaqiriladi: birinchidan, ko'ngillilar jalb qilinadi, qolgan o'rinlar qur'a bo'yicha to'ldiriladi.
2024-yil holatiga ko'ra, Daniya armiyasiga yangi chaqirilganlarning 24 foizi ko'ngilli ayollar edi. Islohot Daniyani Yevropadagi gender neytral tizim asosida harbiy xizmatga chaqiruvchi kam sonli davlatlardan biriga aylantiradi, deb xabar beradi gazeta.ru.