Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy poliklinikasi shifokorlaridan biri fuqaroga nogironlik nafaqasini umrbodga qilib berishni va’da qilib, 700 AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ijtimoiy inspeksiya xodimlari shifokorning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yish maqsadida Buxoro shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda tezkor tadbir uyushtirildi.
16-oktyabr kuni shifokori ish joyida 2,5 mln so‘m miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga olindi, deyiladi agentlik xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.