31-07-2025 07:32
Shanxaydagi Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasida e’lon qilingan «Sun’iy intellekt sohasidagi global innovatsiyalar indeksi — 2025» hisobotiga ko‘ra, AQSH va Xitoy bu sohada dunyodagi eng kuchli ikki davlat sifatida qayd etildi.
Hisobotni Xitoy Ilmiy-texnik ma’lumotlar instituti va Pekin universiteti tayyorlagan bo‘lib, unda 46 davlat besh asosiy mezon bo‘yicha baholangan: ilmiy-tadqiqot ishlari, texnologiyalarni joriy etish, bazaviy infratuzilma, resurslar va muhit.
Natijalarga ko‘ra, AQSH 77,97 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Xitoy esa 58,01 ball bilan ikkinchi bo‘ldi. «Saylyan» axborot agentligi ta’kidlashicha, 2023 yildagi 22,02 balllik farq 2024 yilda 19,96 ballgacha qisqargan.
Uchinchi o‘rinda 36,6 ball bilan Buyuk Britaniya joy olgan.