29-07-2025 06:11
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Asaka tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Kecha, 28 iyul kuni Andijon viloyatida uyda tashkil qilingan ustaxona alanga ichida qoldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in Asaka tumani Ne’matobod MFY Yangiobod ko‘chasida joylashgan uylardan birida yuz bergan.
So‘ng soat 18:26 da Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va sodir bo‘lgan yong‘in soat 18:54 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida aholi yashash xonadonining 70 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha yong‘in tufayli uyda bir nafar fuqaro halok bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Asaka tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.