Toshkentda “Cobalt” urib ketgan 41 yoshli erkak vafot etdi
09.09.2024 11:03
Toshkent shahar Chilonzor tumanida “Cobalt” urib yuborgan 41 yoshli erkak halok boʻldi. Bu haqda YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 8-sentyabr kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohkoʻchasida sodir boʻlgan. 1997-yilda tugʻilgan (erkak) J.X. “Cobalt” avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1983-yilda tugʻilgan piyodani urib yuborgan.
“YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.