28-07-2025 13:49
Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston hududida amalga oshirilayotgan yer qa’ri uchastkalarini geologik jihatdan o‘rganish ishlari bilan bog‘liq jarayonlarni davlat hisobiga olish tartibini belgilaydi.
Yer qa’rini davlat tomonidan geologik jihatdan o‘rganish ishlari tizim tashkilotlarining tegishli ma’lumotlarni Yer qa’ridan foydalanish markaziga «Geomonitoring» axborot tizimi orqali buyurtma asosida tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali davlat hisobiga olinadi.
Yer qa’ridan foydalanish markazi buyurtma kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida buyurtmani va unga ilova qilingan ma’lumotlar taqdim etilganligini tekshiradi.
Hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, buyurtmani «Geomonitoring» axborot tizimida tegishli tartib raqam bilan hisobga oladi va tizim tashkilotlarini xabardor qiladi.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini davlat hisobiga olingani to‘g‘risidagi xabar olingan kundan boshlab yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini amalga oshirishga asos bo‘ladi.