Prezidentning 308-sonli qaroriga muvofiq 2024 yil yakuniga qadar samarasiz foydalanib kelinayotgan yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlarini (shu jumladan, madaniyat saroylari, stadionlar, konsert zallari, istirohat bog‘lari) xatlovdan o‘tkazilib, xususiy sektorlarga topshirilishi mumkin.
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida Osiyo Olimpiya kengashining 44-Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi va unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg‘oniston a’zo bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Kuz kelib, havo harorati asta-sekin pasayib bormoqda. Ushbu faslda ko‘pchilikning immuniteti sustlashib, shamollashga moyilligi ortadi. Qolaversa, bu paytda ko‘z bilan bog‘liq turli mavsumiy kasalliklar avj oladi. Xo‘sh, ulardan saqlanish uchun nima qilish kerak?
O‘zbekistondagi suv havzalarida motorli transport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi. Bu haqda joriy yilning 4 sentyabr kuni “Suv havzalarida motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.