Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, aholi bandligiga qaratilgan dasturlar ijrosini taʼminlash borasida oʻtkazilgan oʻrganishlarda 764 ming 723 ta yangi ish oʻrinlari hisobotlarga qoʻshib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortilgan.
Buxoro viloyatining Romitan tumanida o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet” loyihasiga ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 million so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Senatning Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyasi xabar berdi.