29-07-2025 10:14
Unda suv sporti turlarining global miqyosda rivojlanishi, tashkilot faoliyatining yanada samarali yo‘lga qo‘yilishi hamda uning boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi.
Mazkur Kongress doirasida muhim qarorlar qabul qilinib, World Aquatics Ijroiya qo‘mitasi byurosining yangi tarkibi shakllantirildi.
Quvonarlisi, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ushbu nufuzli tuzilma a’zoligiga saylandi.
Bu saylov nafaqat o‘zbekistonlik mutaxassislarning xalqaro tashkilotlardagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi, balki mamlakatimizda suzish havzalarini barpo etish hamda suv sporti tizimini yoshlardan boshlab samarali yo‘lga qo‘yishga ham katta hissa qo‘shadi.