Endi 15-avgustgacha yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat’iy taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuniga muvofiq, joriy yilning 1-martidan 15-avgustga qadar ov mavsumi yopiladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, bu vaqtda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat’iy taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, ov qoidalarini buzish, xususan, taqiqlangan davrda ov qilish qonunchilikka ko‘ra qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi yurtdoshlarimizdan ov mavsumi tugagan davrda tabiatga yanada ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlarini so‘raydi.
Avvalroq O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentyabrdan 2028-yil 1-yanvarigacha ov qilishga moratoriy joriy qilinishi mumkinligi haqida xabar bergandik.