O‘zbekistonda yana bir nufuzli anjuman o‘tkaziladi
31.01.2025 11:45
Mazkur nufuzli anjuman nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi 2025 yil 5-9 aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumki, 190 ga yaqin mamlakat parlamentini birlashtirib kelayotgan Parlamentlararo ittifoq assambleyasi yiliga ikki marotaba o‘tkaziladi. Mazkur tadbir faqatgina parlamentarizm va barqaror rivojlanishning ijobiy tajribasi yuqori bo‘lgan mamlakatlardagina o‘tkaziladi.
Ayni paytda mamlakatimizda ushbu nufuzli anjumanga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Oliy Majlis Senatida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqargan yig‘ilishda deputatlar, senatorlar, hukumat vakillari, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar hokimligi rahbarlari hamda tashkiliy qo‘mitaning boshqa a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekistonning Parlamentlararo ittifoqqa a’zoligi 2017 yilda qayta tiklangani ta’kidlab o‘tildi. O‘tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimiz parlamentarizm va barqaror rivojlanish sohasida juda katta tajribaga erishdi. Respublikamiz yutuqlari yirik xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda.
Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi tarixiy voqelikdir, chunki bunday tadbir Markaziy Osiyo mintaqasida ilk marotaba o‘tkazilayotir.
Yig‘ilishda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan mazkur Assambleyaning asosiy mavzusi “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” deb nomlangani, uning doirasida butun dunyo parlamentlari aholini ijtimoiy himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, huquq ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.
Shuningdek, bir hafta davomida Parlamentlararo ittifoqning qo‘mitalari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash, ilm-fan va texnologiya, yoshlar masalalariga bag‘ishlangan turli tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
O‘z navbatida, Senat Raisi mazkur tarixiy va nufuzli anjumanda barcha birdek faol bo‘lishi kerakligi hamda uni yuqori saviyada tashkil etish borasida qator vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Yangiliklar

Siyosat
27.02.2025 16:06O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlarining ilk sammiti bo‘lib o‘tadi

Siyosat
25.02.2025 13:24