Yarim asr oldin ko‘chirilgan “Xamsa” asarining qo‘lyozmasi Londonda topildi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xabar berishicha, markaz direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi bir guruh olim va tadqiqotchilar 2 kun oldin London shahridagi “Kristis” va “Sotbis” auksion uylarida bo‘lishgan.
"Mehmonlar “Kristis” auksion savdo uyining Islom va Hindiston san’ati bo‘limida saqlanayotgan temuriylar davriga oid qo‘lyozmalarning guvohi bo‘lgan.
"O‘zbekistondan borgan mehmonlarni sharq mumtoz adabiyoti vakili Xoji Kirmoniy tomonidan 1524-yilda ko‘chirilgan “Xamsa” asarining qo‘lyozmasi, yana biri Shamsiddin Muhammad Assor tomonidan 1494-yilda Tabrizda ko‘chirilgan “Shams va Mushtariy” dostoni qiziqtirdi", – deyiladi Islom sivilizatsiyasi markazi xabarida.