Hamkasabasiga shilqimlik qilgan "zam direktor" qamaldi
08.11.2024 14:11
Joriy yil 7-noyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida MJtK 41-1-moddasining 1-qismi bilan A.S.ga oid ma’muriy ish materiallari ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, A.S. 2024-yil sentyabr oyida Farg‘ona shahar S.Temur ko‘chasida joylashgan futbol maktabida, o‘zi bilan birga ishlovchi maktab direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari F.O‘.ga (ayol) shahvoniy shilqimlik qilib, unga turli behayo gaplar aytib, uning tana a’zolarini ushlab, F.O‘.ning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir necha marta qo‘pol ravishda sodir etgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.S. MJtKning 41-1-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topildi va shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.