Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasi O‘zbekiston tumani bo‘limiga 2024-yil 6-noyabr kuni soat 11:30'larda tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar bo‘limiga 4 nafar bemorni oshqozon-ichak faoliyatining funktsiyasini buzilishi tashxisi bilan yotqizilganligi yuzasidan xabarnoma berilgan.
Ushbu xabarnomaga asosan Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan sanitariya-epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.
Surishtiruv davomida bemorlarning 2 nafari 2024-yil 5-noyabr kuni tushlik vaqtida O‘zbekiston tumani "Yaypanbozorbosh" MFY, Ibn Sino ko‘chasida faoliyat olib borayotgan fastfud mahsuloti tayyorlab sotish shoxobchasida xot-dog mahsulotini iste'mol qilganligi, yana 2 nafar bemor esa ushbu tumanning "Oqtepa" MFY, "Turkiston" ko‘chasida faoliyat olib borayotgan “OQTEPA MINI FOOD” nomli fastfud mahsuloti tayyorlab, sotish shoxobchasida xot-dog mahsulotini iste'mol qilganligi ma'lum bo‘lgan.
Bemorlar shifoxonada shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Oshqozon-ichak faoliyatining funktsiyasini buzilishi” tashxisi bilan bo‘limga yotqizilgan. Bemorlarning umumiy holati qoniqarli.
Ushbu holat Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. O‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.