U tadbirkordan gaz ta’minoti loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2 200 AQSH dollari olgan.
Toshkentda tabdirkorga gaz ta’minoti loyiha hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilgan gaz ta’minoti xodimi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda “Sergelitumangaz” gaz ta’minoti mahallada ishlash xizmati gazchisi A.E. “N.T.” MCHJ rahbari R.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida korxona uchun gaz ta’minoti loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2 200 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan.
So‘ng pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.