Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 30,4 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 952 nafarga yoki 3,2 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
— Tojikiston — 11 409 nafar;
— Rossiya — 7 301 nafar;
— Qirg‘iz Respublikasi — 2 845 nafar;
— Turkiya — 2 195 nafar;
— Janubiy Koreya — 1 839 nafar;
— Qozog‘iston — 1 372 nafar;
— Buyuk Britaniya — 693 nafar;
— Xitoy — 672 nafar;
— AQSH — 486 nafar;
— BAA — 295 nafar;
— Boshqa davlatlar — 1 292 nafar.