Turkiyaning Shanliurfa viloyatidagi Halfeti shahrida norozi olomon munitsipalitet binosi oldida politsiya bilan to‘qnashdi.
Mardin, Batman va Halfeti shaharlari merlari terror tuzilmalari bilan aloqadorlikda gumon qilinib, lavozimidan chetlatilganidan so‘ng mahalliy fuqarolarning mahalliy munitsipalitetlar binolari yonida norozilik namoyishlari boshlandi.
Politsiya binolar yaqinida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi, biroq boshqa shaxslarning munitsipalitetlarga rahbar etib tayinlanishi viloyat aholisining salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi.
Ana shunday qarama-qarshilik chog‘ida bir guruh odamlar tartibni saqlashga, huquq-tartibot buzilishining oldini olishga harakat qilayotgan politsiya xodimlariga tosh otishni boshladi.
Tartibsizliklar natijasida 16 kishi hibsga olingan. Huquq-tartibot idoralari tekshiruv ishlarini boshlab yubordi va noqonuniy xatti-harakatlarda ishtirok etgan shaxslarni javobgarlikka tortadi.
Mahalliy hokimiyat vakillari qonunga rioya qilish zarurligini ta’kidlab, aholini xotirjamlikka chaqirmoqda, huquq-tartibot idoralari esa hududlarda xavfsizlikni ta’minlashga va’da bermoqda.