Kuni kecha Transport vazirligi Samarqand shahriga 8 ta elektrobus olib kelingani haqida xabar berdi.
Vazirlikning xabariga ko‘ra, noyabr oyida 30 ta elektrobus olib kelinishi rejalashtirilgan, shuningdek, yil oxiriga qadar 64 ta, umumiy 100 ta elektrobus olib kelish rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda elektrobuslarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda, rejalashtirilgan transport vositalari olib kelingach, belgilangan tartibda Samarqand shahar jamoat transporti yo‘nalishlariga biriktiriladi.