Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Trampni AQSH prezidentligi saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklashni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.
Kreml rasmiysining ta’kidlashicha, gap "Rossiyaga do‘stona bo‘lmagan mamlakat" haqida ketayotganini unutmaslik kerak.
"Amerika prezidentini saylash Qo‘shma Shtatlarning ichki ishi", – dedi Peskov.
U, shuningdek, Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimiga kirishguncha kutish kerakligini eslatdi.
Peskovning ta’kidlashicha, AQSH va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlar tarixan eng past nuqtada va bundan ham yomonlashishi deyarli mumkin emas. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin adolat, tenglik va ikki davlat tashvishlariga asoslangan konstruktiv muloqotga tayyorligi haqida bir necha bor gapirgan.