HAMAS AQShda bo‘lib o‘tgan saylov jarayonlari hamda undagi natijalarga ko‘ra, qayd etilgan Donald Trampning g‘alabasi yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Bayonotga ko‘ra, tashkilotning Qo‘shma Shtatlardagi yangi ma’muriyatga nisbatan pozitsiyasi ma’muriyatning Falastin xalqi va ularning erkinligiga munosabati hamda xatti-harakatlariga bog‘liq bo‘ladi. Tashkilot yangi prezidentdan G‘azodagi xunrezliklarni to‘xtatishni va Amerika hamjamiyati ovoziga quloq solishni talab qilmoqda.
«Biz Falastin xalqining erkinligiga, o‘z taqdirini o‘zi belgilashga hamda poytaxti Quddus bo‘lgan mustaqil davlatni barpo etishga raxna soladigan hech qanday siyosatni qabul qilmaymiz», — deyiladi HAMASning bayonotida.