Dastlabki saylov natijalariga ko‘ra, Donald Tramp Nevadadan tashqari barcha shtatlarda kichik ustunlik bilan bo‘lsa-da Kamala Harrisdan oldinda bormoqda, Nevada shtatida hali ovozlar to‘liq sanab chiqilgani yo‘q, deyiladi xabarlarda.
Pensilvaniyada: Ovozlarning 84 foizi sanalgan. Trampda 51 foiz.
Michiganda: Ovozlarning 47 foizi hisobga olingan. Trampda 52 foiz.
Viskonsinda: Ovozlarning 76 foizi hisoblab bo‘lindi. Trampda 51 foiz.
Jorjiyada: Ovozlarning 95 foizdan ortig‘i sanalgan. Trampda 51 foiz.
Arizona: Ovozlarning 53 foizi hisobga olingan. Trampda 49,8 foiz (Xarrisda 49,4 foiz).
Nevada shtatida ovozlarni sanash endigina boshlangan (2 foiz sanalgan). Trampda 73,0 foiz.
Shimoliy Karolinada ommaviy axborot vositalari Trampning g‘alabasini e’lon qilishdi.