Toshkent shahrining Yunusobod tumanida «Matiz» haydovchisi «peshexod»dan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha,hodisa kecha, 5-noyabr kuni soat 13:10 larda Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasida sodir bo‘lgan.
2000-yilda tug‘ilgan B.N. «Matiz» mashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 1941 yilda tug‘ilgan piyoda X.S.ni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 83 yoshli piyoda tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.