Izmitda joylashgan Turkiyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodi - TÜPRAŞda kuchli portlash yuz berdi.
Kojaeli shahar munitsipaliteti meri Tohir Byuyukakinning so‘zlariga ko‘ra, portlash rejalashtirilgan mashg‘ulotlar vaqtida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Portlashdan keyin zavod hududida yong‘in chiqqan. Rasmiylarga ko‘ra, u tezda mahalliylashtirilib, nazorat ostiga olindi.
Hozirda zavod mutaxassislari va xavfsizlik xizmati kelgusida bunday hodisalarning oldini olish maqsadida portlashning aniq sabablarini aniqlamoqda. Zavoddagi vaziyat normallashtirilib, korxona ishi odatdagidek davom etyapti.
Eslatib o‘tamiz, 22-oktyabr kuni Turkiyaning Kojaeli provinsiyasida joylashgan Gebze shahridagi turar-joy binolaridan birida tabiiy gaz portlagan edi. Hodisa oqibatida yetti kishi tan jarohati oldi, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir.
Portlash binoga katta zarar yetkazdi, uyning bir qismi deyarli butunlay vayron bo‘ldi.