Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-990-son, 05.11.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ma’rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan amalga oshirish yoxud ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.