Bugun, 5-noyabr kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Sessiyada 14-G‘ozovot saylov okrugidan saylangan deputat Radjabov Altibay Begjanovich xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Sessiyada Raximov Jo‘rabek Raximovich Xorazm viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.