Germaniyada milliarder Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi.
Usmonov advokatlarining aytishicha, ikki yarim yildan beri Germaniya prokurorlari rossiyalik oligarxga qo‘yilgan asosiy ayblovlarni, jumladan, pul yuvish bo‘yicha ayblarni tasdiqlay olmayapti.
2022-yilda Germaniya rasmiylari Usmonovni nafaqat pul yuvishda, balki sanksiyalarni buzganlikda va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ham gumon qilgan.
Milliarder tegishli obyektlarda tintuvlar o‘tkazilib, besh million yevrolik hujjatlar va 30 ta rasm musodara qilingan. Usmonov hujjat va rasmlarga, shuningdek, tintuv qilingan yaxta va villaga egalik huquqini rad etgan.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli urushi boshlanganidan keyin Alisher Usmonov AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar tomonidan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Milliarder sanksiyalarga sudlar orqali e’tiroz bildirmoqda.