2024 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 37,2 mln nafarni tashkil etib, ulardan 15 mln 089 ming nafari (41 foiz) iqtisodiy faol ya’ni, mehnat qilishga tayyor aholi hisoblanadi.
Shundan, 14 mln 213 ming nafari (94 foizi) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilmoqda.
— rasmiy sektorda – 6,8 mln (48 foiz);
— norasmiy sektorda – 5,5 mln (38,8 foiz);
— xorijda ishlayotganlar – 1,9 mln (13,6 foiz).
Bugungi kunda respublika bo‘yicha 876 ming nafar ishga joylashishga muhtoj aholi mavjud (yil boshida 1 024 ming nafar, -148 ming).
Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaygan.