Isroil G‘azo markazidagi qochqinlar lagerida joylashgan turar-joy binosiga dron hujumi natijasida bir falastinlik halok bo‘ldi, yana ikki nafari yaralandi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.
Telekanal taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Falastin anklavining janubidagi Xon-Yunis shahridan sharqqa qarab harakatlanayotgan insonparvarlik yuklarini olib ketayotgan avtokolonnaning havodan o‘qqa tutilishi natijasida yana 9 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, jabrlanganlar haqida ma’lumotlar olingan, biroq ularga aniqlik kiritilmagan.
2023-yil 7-oktyabrda Falastinning radikal HAMAS harakati jangarilari G‘azo sektoridan Isroil hududiga kirib kelganida, Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgan. Chunki jangarilar chegara hududlarida odamlarni o‘ldirib, bir qismini garovga olgan. Bunga javoban Isroil XAMASning siyosiy va harbiy tuzilmalarini yo‘q qilish va garovga olinganlarni ozod qilish uchun G‘azoda operatsiyasini boshladi.
2023-yil 7-oktyabrdan buyon hozirga qadar, Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 43 341 nafarga yetdi.