Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahrida isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi.
Ko‘plab murojaatlar va meteorologiya xizmati ma’lumotlariga muvofiq, Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan 5 noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Muvofiq ravishda, 7 noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.