Oybek Eshonov O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi etib tayinlandi.
Bunga qadar u TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2008-yildan 2017-yilgacha O‘zbekistonning Isroildagi elchisi boʻlgan.