2-noyabrdan 3-noyabrga o‘tar kechasi poytaxt Toshkent shahri havosida zaharli zarrachalar miqdori 780 mkg/m3 darajagacha oshdi.
Bu haqda Xalqaro IQAir ko‘rsatkichlarida keltirilgan. Shaharda o‘rnatilgan 32 ta stansiya havoda zaharli zarrachalar me’yordan bir necha barobar oshganini qayd etgan.
Bu ifloslanishning asosiy sababi PM2.5 zarrachasi bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tasdiqlagan me’yordan 93,2 barobar ko‘p bo‘lgan. IQAir platformasi ochiq havoga niqobsiz chiqmaslikni tavsiya qilgan.
Havo sifati ifloslanish holati va manbasi haqida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va O‘zgidromet rasmiy sahifalarida ma’lumot bermagan.
3-noyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, shahar havosida ifloslanish darajasi 105 mkg/m3 ni ko‘rsatyapti. Bunda PM2.5 zarrachalari 37 ni tashkil qilgan, bu JSST me’yoridan 7,4 martaga ko‘p.